22:16 / 15.05.2017
7 274

Makgregor Floyd Meyuezer bilan jang shartlarini kelishib oldi

Makgregor Floyd Meyuezer bilan jang shartlarini kelishib oldi
MMA bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor amerikalik bokschi Floyd Meyuezer bilan jang shartlarini kelishib oldi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt xabar berganligini Kun.uz ma’lum qilmoqda.

«Biz Konor bilan kelishuv shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdik», - deya ma’lum qildi Uayt. Ta’kidlanishicha, UFC rahbari Meyuezer bilan yakuniy muzokaralar vaqtida irlandiyalik manfaatini himoya qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchilarning jang uchun gonorari boks qoidalariga ko‘ra, aprelda e’lon qilingan darajada qoladi. O‘shanda Uayt Makgregor 75 million dollar, Meyuezer esa – 100 million dollar olishi haqida gapirgan.

Makgregor va Meyuezer o‘rtasida jang o‘tkazilishi mumkinligi haqida ilk xabarlar 2016 yilning mayida paydo bo‘ldi. 40 yoshli Meyuezer professional faoliyatida 49 jang o‘tkazib, 49 g‘alabaga erishgan (26 nokaut). Irlandiyalik esa MMA qoidalari bo‘yicha 24 ta jangda qatnashib, ularning 21 tasida zafar quchgan (18 nokaut) va uch bora mag‘lubiyatga uchragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor Floyd Meyuezer bilan jang shartlarini kelishib oldi