15:10 / 16.05.2017
5 980

Shu haftada Qatarda JCh-2022 uchun tayyorlangan ilk stadion ochiladi (foto)

Shu haftada Qatarda JCh-2022 uchun tayyorlangan ilk stadion ochiladi (foto)
Qatarda 2022 yilgi jahon chempionati uchun mo‘ljallangan birinchi stadion - Khalifa International Stadium stadioni tayyor bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.

Qatar futbol uyushmasi 19 may kuni ushbu stadionning ochilish marosimi o‘tkazilishi va shu kuni unda Amir kubogi uchun final uchrashuvi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Stadiondagi ilk rasmiy uchrashuvda «Al-Rayan» va «Al-Sadd» jamoalari kuch sinashadi.

Khalifa International Stadium arenasi rekonstruksiya ishlaridan keyin 40 ming tomoshabinni o‘zida sig‘dira oladigan bo‘ldi. Bu stadion FIFAning barcha talablariga javob beradigan holga keltirilgan. Unda havoni salqinlashtiruvchi tizim o‘rnatilgan, sport muzeyi tashkil etilgan. Barcha tomoshabinlar tom ostida bo‘lishi ta’minlangan.

Ushbu stadionda 2022 yilgi jahon chempionatidan tashqari, 2019 yilda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati ham o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shu haftada Qatarda JCh-2022 uchun tayyorlangan ilk stadion ochiladi (foto)