23:01 / 17.05.2017
5 731

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatida 2-tur bellashuvlariga start berildi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bugun Myanma yoshlariga qarshi o‘yin bilan qit’a birinchiligidagi yurishini boshladi.

Vakillarimizning to‘liq ustunligi ostida o‘tgan bahsda Xose Mariya Pazos Mendez shogirdlari 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

U-20 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 2-tur

"Bangkok Arena", 17.05.2017
Myanma U-20 - O‘zbekiston U-20 0:5
Gollar: S.Mirsharofov 15, 22, 32, I.Hamroyev 16, X.Nishonov 23

Myanma U-20 (birinchi beshlik): 12.Ye Het Naing, 8.Ye Lin Hun, 9.Aung Kyou Lvin, 10.Min Hu, 11.Shin Het Aung.
Zaxira: 1.Het Paing Oo, 2.Zay Yar Naing, 3.Shin Hant Kyou, 4.Sve Hein, 5.Tin Ko Ko Oo, 6.Pho Hu Aung, 7.Het Vai Hein, 13.Nyi Nyi Hant, 14.Pae Pho Maung.

O‘zbekiston U-20 (birinchi beshlik): 12.Sunnatjon Anvarov, 7.Ilhomjon Hamroyev, 11.Xushnur Erkinov, 13.Akbar Usmonov, 14.Said Rizo Mirsharofov.
Zaxira: 1.Mirislom Miraliev, 2.Shohjahon Shonazarov, 3.Botirbek Rizaev, 4.Asli Muhammadiev, 5.Olimjon Vohidov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Doniyorbek Tohirov.

Ogohlantirishlar: A.K.Lvin 9 - B.Rizaev 15, S.Mirsharofov 33

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga 3-tur doirasida Gongkong yoshlari bilan bellashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi