Cuba Domadores — Uzbek Tigers jangi jonli efirda ko‘rsatiladi

  • 19 may 2017, 23:19
  • 4 510
  • Sport
  • Cuba Domadores — Uzbek Tigers jangi jonli efirda ko‘rsatiladi
    Cuba Domadores- Uzbek Tigers jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 20 may kuni tonggi soat 05:30 da UzReport TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda Sof.uz sayti xabar berdi.

    WSB - Jahon boks seriyasining chorak finalida bugungi kunda dunyoda etakchilik qilayotgan O‘zbekiston va Kuba terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

    Ushbu qarama-qarshilik yashirin final deb e’tirof etilmoqda. Tomonlarning Samarqand shahrida o‘tgan birinchi to‘qnashuvida o‘zbekistonlik bokschilar 3:2 hisobida zafar quchgandi. Bordi-yu, Kubada mezbonlar shu hisobda ustun kelsa, unda g‘olib «penaltilar seriyasi»da aniqlanadi. Bunda har ikki tomonning super-og‘ir vazndagi bokschilari ringga chiqadi.

    Ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegasiyasi safida Mirzobek Hasanov ham Kubaga yo‘l olgan. U hisob kubaliklar foydasiga 3:2 bo‘lganidagina jamoasini navbatdagi bosqichga olib chiqish uchun ringga chiqib keladi.

    Cuba Domadores — Uzbek Tigers

    52 kg: Veytia Uosbanu — Jasur Latipov
    -60 kg: Astrada Alvares — Elnur Abduraimov
    -69 kg: Roniel Iglesias — Shaxram G‘iyosov
    -81 kg: Julio La Kruz — Bektemir Meliqo‘ziev
    +91 kg: Gomes Larduet — Bahodir Jalolov

    Super-og‘ir vazn
    +91 kg. Mirzobek Hasanov – Yandri Toirak

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Cuba Domadores — Uzbek Tigers jangi jonli efirda ko‘rsatiladi