10:10 / 22.05.2017
4 946

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi
Oliy Liga 11-tur uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912” maydoniga safar uyushtirdi. Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida jamoamizning tajribali himoyachilaridan biri Islom To‘xtaxo‘jaev tizza bo‘g‘imini shikastlab oldi.

"Temiryo‘lchilar" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mahoratli futbolchi o‘sha uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa-da, ammo maydonga tusha olmadi. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra To‘xtaxo‘jaevning tizza bo‘g‘imi ichki yon boylami cho‘zilgan va qisman yirtilgan bo‘lib chiqdi. Bu esa uning yaqin muddat ichiga mo‘ljallangan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishini bildiradi.

Ta’kidlash joizki, ayni damda Salamat Qutiboyev hamda Ikrom Aliboyev ham jarohatini davolash bilan band. Umid qilamizki, ushbu futbolchilar tez orada safga qaytadi va jamoamizning muvaffaqiyatlariga o‘z xissalarini qo‘shadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi