19:06 / 22.05.2017
3 340

«Fenerbahche» Evroliga g‘olibi bo‘ldi

«Fenerbahche» Evroliga g‘olibi bo‘ldi
19-21 may kunlari Istanbuldagi Sinan Erdem nomidagi sport majmuasida Evroliganing «to‘rtlik finali» o‘tkazildi.

Uning ishtirokchilari: amaldagi chempion Moskvaning SSKA jamoasi, shuningdek «Real Madrid», Afinaning «Olimpiakos» hamda Istanbulning«Fenerbahche» jamoalari bo‘lishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

21 may oqshomida «Fenerbahche» va «Olimpiakos» jamoalari final bahsida maydonga tushishdi.

Yakunda turkiyalik basketbolchilar 80-64 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, «Fenerbahche» o‘z tarixida ettinchi marta Evropada tengsiz bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Fenerbahche» Evroliga g‘olibi bo‘ldi