10:33 / 23.05.2017
6 192

O‘zbekiston jamoasi Islom birdamligi o‘yinlarida 4-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston jamoasi Islom birdamligi o‘yinlarida 4-o‘rinni egalladi
12-22 may kunlari Bokuda IV Islom birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda musulmon dunyosining 54 mamlakatidan uch mingdan ziyod sport ustalari ishtirok etdi.

Musobaqalarda 103 nafar mamlakatimiz vakillari 21 turdagi bellashuvlardan sportning 18 olimpiya turlarida qatnashdilar.

Yakuniy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon, Turkiya va Erondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Sport ustalarimiz qo‘lga kiritgan medallarning umumiy soni 63 tani tashkil etdi. Ularning 15 tasi «oltin», 17 tasi «kumush» va 31 tasi «bronza» nishonlaridir.

O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p medallarni taekvondo, karate, og‘ir atletika, badiiy gimnastika, yengil atletika, katta tennis, dzyudo, grek-rim va erkin kurash bellashuvlarida qo‘lga kiritdilar.

O‘zbek sport ustalari an’anaviy tarzda boksda yaxshi natijalarga erishdilar. 3 ta «oltin» va 2 ta «bronza» nishonlari qo‘lga kiritildi. Umumjamoa hisobida respublikamiz sportning ushbu turi bo‘yicha Ozarbayjondan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Mamlakatimiz paralimpiyachilari ham terma jamoamiz medallari shodasiga turli nishonlarni keltirib, o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Ular sportning yengil atletika va dzyudo turlaridagi bellashuvlarda ishtirok etdilar: ettitadan 4 ta mukofot qo‘lga kiritildi.

Shuni ham qayd etish joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston 17 ta medalni qo‘lga kiritib 10-o‘rinni, Qozog‘iston 14-o‘rinni (19 ta medal) Turkmaniston 15-o‘rinni (13 ta nishon) Tojikiston esa 36-o‘rinni (4 ta medal) egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston jamoasi Islom birdamligi o‘yinlarida 4-o‘rinni egalladi