22:06 / 23.05.2017
7 310

Fazliddin G‘oyibnazarov ijro etgan quvnoq raqs internetda olqishlarga sazovor bo‘lmoqda (Video)

Fazliddin G‘oyibnazarov ijro etgan quvnoq raqs internetda olqishlarga sazovor bo‘lmoqda (Video)
2016 yilgi Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oyibnazarovning internetdagi o‘ziga xos uslubda ijro etilgan raqsi uning nafaqat sportda balki san’atda ham ajoyib iste’dod sohibi ekanligini ko‘rsatdi.
Mazkur raqs internet tarmoqlarda ko‘plab layk va ijobiy fikrlarga sabab bo‘lmoqda, deb yozmoqda Darakchi nashri.
Aytish joizki, 20 may kuni 2016 yilgi Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tgan «Krouford — Dias» boks kechasi doirasida professional ringdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschiga Egis Klimas menejerlik, Top Rank kompaniyasi esa promouterlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oyibnazarov ijro etgan quvnoq raqs internetda olqishlarga sazovor bo‘lmoqda (Video)