13:25 / 27.05.2017
10 984

Foto va video: Ronalduning yangi mahbubasi homiladormi?

Foto va video: Ronalduning yangi mahbubasi homiladormi?
Joriy yilning 25 may kuni Madridning “Real” jamoasi superyulduzi Krishtianu Ronaldu ancha yillardan beri ilk marta sevgan qizi bilan iliq munosabatlarini tasdiqladi, deydi Qalampir.uz nashri.

Futbolchi o‘zining Instagram’dagi sahifasiga 22 yoshli Jorjina Rodriges bilan birga tushgan rasmini joyladi va yurakcha belgisini qo‘ydi. OAV tomonidan qayd etilishicha, bu juftlikning munosabatlari ancha jiddiy.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jorjina ayni damda homilador bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ronaldu sevgilisi Rodriges bilan 2016 yilda shoping paytida tanishib qolgan. FIFA tomonidan tashkil etilgan “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida Jorjina portugaliyalik futbolchi bilan birga edi.

Qayd etish kerak, 2010 yilda Ronaldu surrogat onadan o‘g‘il ko‘rgan va kichik Krishtianu deb ism bergan. Joriy yilning mart oyida esa yana bir shunday surrogat ona Ronaldu uchun egizaklar tug‘ib berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqab ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Foto va video: Ronalduning yangi mahbubasi homiladormi?