07:31 / 29.05.2017
4 429

Pentagon rahbari: KXDRga qarshi urush halokatli kechishi mumkin

Pentagon rahbari: KXDRga qarshi urush halokatli kechishi mumkin
AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Shimoliy Koreyaga qarshi urush boshlansa, halokatli kechadi, deb hisoblaydi. U CBS News telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDRdagi ziddiyat "insoniyatning aksari uchun kurashning eng yomon turi bo‘lgan bo‘lardi".

Mettis Shimoliy Koreya o‘z atrofidagi mamlakatlar, shu jumladan Yaponiya, Xitoy va Rossiya uchun tahdid tug‘dirishini ta’kidladi.

"Gap shundaki, agar biz bu vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qila olmasak va u haqiqiy jangga aylansa, bu - halokatli urush bo‘ladi", - dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pentagon rahbari: KXDRga qarshi urush halokatli kechishi mumkin