O‘z zamonasining eng yaxshi futbolchilaridan biri Luish Figu Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirishdan voz kechdi. Gulf News'da shu mavzudagi xabar berildi.
Figu "Eng yaxshi o‘yinchi Messimi yoki Ronaldu?" degan savolga quyidagicha javob berdi: "Ularning ikkisi ham dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari. Ulardan birini tanlab, "shunisi yaxshi" deyish qiyin.
"Oxir-oqibat, Ronaldu va Messi - futbol olamidagi eng ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritgan o‘yinchilar va bu ularning futbolchi sifatidagi ulkan iste’dodidan dalolat beradi. Men hech qachon ulardan birini tanlamagan bo‘lardim", - qo‘shimcha qildi Figu.
44 yoshli portugaliyalik futbol yulduzi - ham "Barselona", ham "Real Madrid" safida to‘p surgan o‘yinchilardan biri. "Ikki klubni bir-biriga taqqoslash noo‘rin - murakkab tanlov. Bu ko‘proq La-Ligada qaysi klub g‘alaba qozonishiga bog‘liq. Joriy yilda "Real" yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi va o‘ylashimcha, jamoa bunga munosib", - dedi Figu. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi