07:27 / 30.05.2017
5 910

Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Makkadan Ramazon salomini yo‘lladi

Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Makkadan Ramazon salomini yo‘lladi
Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Pol Pogba Evropa ligasida "Manchester Yunayted" g‘alabasiga hissa qo‘shganidan bir necha kun o‘tgach, islom olamining eng muqaddas maskanidan salom yo‘lladi. Bu haqida Kun.uz xabar berdi.

Pogba shuningdek musulmonlarning muqaddas oyi bo‘lmish Ramazon bilan barchani qutladi.

U Instagram sahifasida Kaaba oldida turgan surati bilan bo‘lishdi.

"Hayotim davomida ko‘rganlarimning eng ajoyibi", - deb yozgan Pogba umra safaridan.

Twitter'dagi akkanutida esa "Ramadan Kareem bon Ramadan #makkah #blessed" degan yozuvni qoldirgan.

22 may kuni Manchester-Arenadagi konsert vaqtida xudkush-terrorchi 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Ikki kundan keyin Pogba Evropa ligasi finalida "Ayaks"ga qarshi kechgan o‘yinda urgan golini marhumlar xotirasiga bag‘ishladi.

Yarim himoyachi 2016 yilning avgustida Italiyaning "Yuventus" klubidan "Manchester Yunayted"ga 89,3 million funt sterling (114 million dollar)ga xarid qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Makkadan Ramazon salomini yo‘lladi