17:54 / 01.06.2017
5 938

Vadim Abramov «Neftchi» bosh murabbiyiga aylandi

Vadim Abramov «Neftchi» bosh murabbiyiga aylandi
O‘zbekiston terma jamoasi va «Lokomotiv» klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Farg‘onada ish boshladi, deya xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Vadim Abramov «Neftchi» klubi bosh murabbiyiga aylangan. Hozircha uning farg‘onaliklar bilan shartnomasi borasida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kecha Farg‘ona klubi rahbariyatida o‘zgarishlar yuz bergani haqida xabar berilgandi. Klub rasmiy sayti «bosh murabbiy Andrey Fyodorov jamoaga yangi bosh murabbiy topilgunga qadar vaqtincha ishlab turishini» ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Vadim Abramov 1991-1992 yillarda «Neftchi»da futbolchi sifatida faoliyat olib borgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov «Neftchi» bosh murabbiyiga aylandi