O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Tailand termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi.
Mazkur o‘rtoqlik o‘yiniga chiptalar bugun, 2 iyundan “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Chiptalar narxi quyidagicha belgilangan:
Oddiy sektorlar – 20 ming so‘m;
VIP sektorlar – 60 ming so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Tailandga qarshi o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun Eron bilan JCh-2018 saralash o‘yinida tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 31 may kuni bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlab yuborgan edi.
Tailandga qarshi uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Eron – O‘zbekiston uchrashuvi esa 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi