02:32 / 05.06.2017
5 704

Isko: Dunyoda «Real»dan boshqa buyuk jamoa borligiga ishonmayman

Isko: Dunyoda «Real»dan boshqa buyuk jamoa borligiga ishonmayman
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko Evropa Chempionlar Ligasi finalida “Yuventus” ustidan erishilgan g‘alabadan olgan ta’surotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Real" faqatgina boshqalar orzu qila oladigan mavsumni o‘tkazdi. Jamoamiz fantastik o‘yin ko‘rsatdi va men bu kechani hech qachon unutmayman.

Chempionlar Ligasi bosh sovrinini 4 yilda 3 marotaba qo‘lga kiritish tushimga ham kirmagan voqea bo‘ldi. Oilam va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Umid qilamanki, “Real” bilan shartnomamni o‘zaytiraman. Dunyoda “Real”dan boshqa yaxshi klub bo‘lmasa kerak, agar bo‘lsa bunga ishonishim qiyin”, - deydi Isko

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isko: Dunyoda «Real»dan boshqa buyuk jamoa borligiga ishonmayman