16:59 / 05.06.2017
6 394

O‘zbekiston Birinchiligi uchrashuvida hakam 1 daqiqada 8ta qizil kartochka ko‘rsatdi

O‘zbekiston Birinchiligi uchrashuvida hakam 1 daqiqada 8ta qizil kartochka ko‘rsatdi
O‘zbekiston birinchi ligasining 13-turidan o‘rin olgan «Surxon» va «Andijon» jamoalari uchrashuvida hakam bir vaqtning o‘zida bir yo‘la sakkiz nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

PFL rasmiy sayti bergan bayonnomada qayd qilinishicha, bosh hakam Igor Xudoydotov uchrashuvning 90+4-daqiqasida ikki jamoaning ham 4 nafardan futbolchisini chetlatgan.

Futbolchilarning ommaviy chetlatilishiga nima sabab bo‘lgani haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan. Katta ehtimol bilan o‘yinda ommaviy janjal kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Birinchiligi
13-tur


«Surxon» – «Andijon» - 2:2. 1069 tomoshabin.

Bosh hakam: Igor Xudoydotov (Toshkent shahridan, o‘yin uchun olgan bahosi 8,0)

Gollar: S. Shomurodov (15), N. Norov (75, penalti) – A. Berdiev (28), A. Abduvohidov (90).

Ogohlantirishlar: N. Normurodov (2), Sh. Abduraimov (66) – A. Xo‘jaev (31), I. Otaxonov (53), D. Maqsudov (75), A. Abduvohidov (90).

Chetlatishlar: T. Mamadaliev (90+4), N. Normurodov (90+4), S. Shomurodov (90+4), A. Abdurahmonov (90+4) – I. Otaxonov (90+4), A. Xo‘jaev (90+4), S. Asqaraliev (90+4), F, Bekmuratov (90+4).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Birinchiligi uchrashuvida hakam 1 daqiqada 8ta qizil kartochka ko‘rsatdi