14:31 / 07.06.2017
5 226

Messi o‘zining to‘yiga Luis Enrike va Bartomeuni taklif qilmadi

Messi o‘zining to‘yiga Luis Enrike va Bartomeuni taklif qilmadi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 30 iyun kuni o‘zi tug‘ilgan Rosario shahrida Antonella Rukussoga uylanadi.

Messi to‘yga barcha jamoadoshlarini chaqirdi, ammo ularning hammasi ham marosimda ishtirok eta olmaydi. So‘nggi mavsum klubda ishlagan barcha mutaxassislar ham taklif qilindi. Messi jamoa sobiq ustozi Luis Enrike va klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu boshchiligidagi rahbariyatini to‘yiga chaqirmadi, deb xabar berdi Championat.asia sayti.

Luis Enrike 2014 yil "Barselona" ustoziga aylanganida, u va Messi o‘rtasida muammolar bo‘lgan. Keyinroq ularning munosabatlari o‘z joyiga tushib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi o‘zining to‘yiga Luis Enrike va Bartomeuni taklif qilmadi