Ronalduga 120 mln evro maosh to‘lashga tayyor jamoa paydo bo‘ldi

  • 09 iyun 2017, 11:01
  • 5 100
  • Sport
  • Ronalduga 120 mln evro maosh to‘lashga tayyor jamoa paydo bo‘ldi
    Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu turli klublarning qiziqishiga sabab bo‘lishda davom etmoqda, deb xabar beradi AS.

    Manba ma’lumotiga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan Xitoy jamoasi Portugaliya termasi futbolchisi uchun 200 mln. evro taklif qildi. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 120 mln. evrolik maosh taklif etilmoqda. Agarda bunday transfer amalga oshadigan bo‘lsa, bu rekord maosh bo‘ladi, sababi hozirga qadar hech kimga shuncha ish haqi taklif qilinmagan. Ta’kidlab o‘tish joizki, Xitoy klubi rahbariyati bu kelishuvni amalga oshirishga qat’iy ahd qilgan va Madridga kelasi haftada uchib bormoqchi. U erda «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres bilan muzokara o‘tkaziladi.

    Avvalroq «PSJ», «Monako» va «Manchester Yunayted» Ronaldu uchun 180 mln. evro taklif qilishgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ronalduga 120 mln evro maosh to‘lashga tayyor jamoa paydo bo‘ldi