13:49 / 09.06.2017
5 373

Gvardiola Valverde bilan «Barselona»ni nima kutayotganini aytdi

Gvardiola Valverde bilan «Barselona»ni nima kutayotganini aytdi
«Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kataloniyaliklar boshqaruviga tayinlangan Ernesto Valverde haqidagi fikrlarini bayon qilib o‘tdi.

««Real» ishonch bilan EChL va chempionatni yutib oldi, ammo «Barselona» o‘sha-o‘sha kuchliligicha qoldi. «Barsa» Valrerde bilan yana jangga qaytadi.

Ancha oldin Ernesto bilan gaplashgan edim va unga taslim bo‘lmaslikni aytgandim. «Barselona»da ishlash uning orzusi edi. Hozir bu haqiqatga aylandi va men uning uchun juda xursandman.

U futbolning ko‘p qirralaridan xabardor. Shunisi yaxshiki, u og‘ir-bosiq inson va matbuotda kam eslanadi. Uning o‘yin uslubi har doim meni ilhomlantirgan», – deya Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Valverde bilan «Barselona»ni nima kutayotganini aytdi