23 futbolchi bilan safarga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi Tehronga etib keldi

  • 10 iyun 2017, 17:29
  • 3 825
  • Sport
  • 23 futbolchi bilan safarga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi Tehronga etib keldi
    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehron shahriga etib keldi. 12 iyun — dushanba kuni mazkur shaharda joylashgan «Ozodi» stadionida Eronga qarshi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

    JCh—2018 saralashining 8-turidan joy olgan bellashuv uchun bosh murabbiy Samvel Babayan 23 nafar futbolchini Tehronga olib ketdi. Tarkibda yo‘qotishlar bor. Jarohatlari sabab Vitaliy Denisov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Marat Bikmaev, Aleksandr Merzlyakov va Davron Hoshimov Eron safaridan tushib qolgan.

    O‘zbekiston terma jamoasi

    Darvozabonlar
    Ignatiy Nesterov — «Lokomotiv»
    Eldor Suyunov — «Nasaf»
    Aleksandr Lobanov — «Paxtakor»

    Himoyachilar
    Egor Krimes — «Beydzing Guoan», Xitoy
    Anzur Ismoilov — «Chanchun Yatay», Xitoy
    Otabek Shukurov — «Bunyodkor»
    Rustam Ashurmatov — «Bunyodkor»
    Akmal Shorahmedov — «Nasaf»
    Farrux Sayfiev — «Nasaf»
    Stanislav Andreev — «Paxtakor»
    Davron Hoshimov — «Paxtakor»
    Murod Xolmuhammedov — «Qo‘qon-1912»

    Yarim himoyachilar
    Vadim Afonin — «Orenburg», Rossiya
    Odil Ahmedov — «Shanxay SIPG»
    Server Jeparov — «Istiqlol», Eron
    Sardor Rashidov — «Al-Jaish», Qatar
    Fozil Musaev — «Jubilo Ivata», Yaponiya
    Aziz Haydarov — «Ajman», BAA
    Jaloliddin Masharipov — «Lokomotiv»
    Eldor Shomurodov — «Bunyodkor»

    Hujumchilar
    Temurxo‘ja Abduxoliqov — «As-Sayliya», Qatar
    Aleksandr Geynrix — «Ordabasi», Qozog‘iston
    Igor Sergeev — «Paxtakor»

    12 iyun kungi ehtimoliy g‘alaba Eron terma jamoasini Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga olib chiqadi. O‘zbekiston terma jamoasi hozircha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmadan umidini uzmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 23 futbolchi bilan safarga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi Tehronga etib keldi