11:38 / 13.06.2017
5 168

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Jahon chempionatiga chiqish uchun oxirigacha kurashmoqchi

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Jahon chempionatiga chiqish uchun oxirigacha kurashmoqchi
Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston (2:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi navbatda Eron terma jamoasini Rossiya bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 turniriga chiqqani bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini tan olish kerak. O‘zbekistonda JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun hamon imkoniyat saqlanib qoldi.

Mazkur o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ko‘plab yo‘qotishlarga duch keldik va bugungi o‘yin boshida yo‘qotishlar yana bittaga ko‘paydi. Bu uchrashuvdagi rejamizga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Stanislav Andreevning jarohat olib, maydonni tark etishi va majburiy o‘zgartirish amalga oshirganimiz sababli o‘ylangan rejaga ko‘ra Server Jeparov bugun maydonga tusha olmadi.

Yuqorida ta’kidlaganimdek, Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi va buning uchun oxirigacha kurashamiz. Qolgan ikki o‘yinda sifatli o‘yin ko‘rsatib, bor kuchimizni ishga solgan holda g‘alaba qozonishimiz va oldinga intilishimiz kerak”, – dedi Samvel Babayan.


Ma’lumot uchun, 8-turdagi g‘alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga etkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Jahon chempionatiga chiqish uchun oxirigacha kurashmoqchi