13:38 / 13.06.2017
5 465

«Real» Asensio bilan yangi shartnoma imzolaydi va uning tovon pulini 350 mln evro qilib belgilaydi

«Real» Asensio bilan yangi shartnoma imzolaydi va uning tovon pulini 350 mln evro qilib belgilaydi
Madridning «Real» klubi jamoa hujumchisi Marko Asensio bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

«Uff.uz» yozishicha, isapaniyalik futbolchi bilan 2023 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolanadi va uning tovon puli 350 mln evro qilib belgilanadi. Asensioning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan.

Ortda qolgan mavsumda Asensio La Liganing 23 o‘yinida maydonga tushib, 3 gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Asensio bilan yangi shartnoma imzolaydi va uning tovon pulini 350 mln evro qilib belgilaydi