13:08 / 14.06.2017
6 962

Hasanboy Do‘stmatov 1900 so‘m, Ruslan Nurudinov 1800 so‘m...

Hasanboy Do‘stmatov 1900 so‘m, Ruslan Nurudinov 1800 so‘m...
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 9 iyundan «O‘zbekiston markalarida sport» turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalari «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlangan va ular Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari chempionlari, Oltin medal sohiblariga bag‘ishlangan.

Pochta markalarida sportchilardan Ruslan Nurudinov (og‘ir atletika) va Hasanboy Do‘smatov (boks) tasvirlangan.

Ruslan Nurudinov nominali 1800 so‘m, Xasanboy Do‘smatov nominali 1900 so‘m etib belgilangan. Bu haqida “O‘zbekiston pochtasi” AJ saytida xabar qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘stmatov 1900 so‘m, Ruslan Nurudinov 1800 so‘m...