14:31 / 15.06.2017
6 087

Janubiy Koreya bosh murabbiyi ishdan ketdi, Samvel Babayanga qachon navbat keladi?

Janubiy Koreya bosh murabbiyi ishdan ketdi, Samvel Babayanga qachon navbat keladi?
JCh-2018 saralashidagi O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqibi Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi bugun, 15 iyun kuni iste’foga chiqarildi, deb yozmoqda «Qalampir.uz» sayti.

Ma’lumot uchun, Uli Shtilike 2 yil 9 oylik faoliyatdan so‘ng Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiylar shtabini tark etdi. Jamoa germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida 25 ta g‘alaba, 5 ta durang va 8 ta mag‘lubiyatni qayd etgan.

Ayni paytda Janubiy Koreya JCh-2018 saralashining “A” guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi esa 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya seshanba kuni Qatarga safar uyushtirib 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya bosh murabbiyi ishdan ketdi, Samvel Babayanga qachon navbat keladi?