15:38 / 18.06.2017
5 164

Futbol uchrashuvlari vaqti 60 daqiqagacha qisqaradimi? IFAB “aqldan ozmoqda”

Futbol uchrashuvlari vaqti 60 daqiqagacha qisqaradimi? IFAB “aqldan ozmoqda”
O‘yin qoidalarini ishlab chiqadigan va ularni o‘zgartiradigan Xalqaro futbol assosiasiyalari qo‘mitasi (IFAB) kecha, 17 iyun kuni “Play Fair!” (“Halol o‘yna!”) nomli yangi dasturni taqdim etdi.

Dasturning birinchi rejasi o‘yin vaqtini 90 daqiqadan toza 60 daqiqaga kamaytirish hisoblanadi. Ya’ni har ikki bo‘lim 30 daqiqadan o‘ynaladi. To‘p maydonni tark etgan vaqtda esa o‘yin vaqti to‘xtatiladi. Mazkur qoidalar bizga futzal, basketbol va xokkey sport turlarini eslatib yuboradi.

Bundan tashqari, IFAB agar himoyachi to‘pni o‘z darvozaboniga uzatgan mahal posbon to‘pga qo‘li bilan teginsa, erkin zarba emas, balki penalti belgilash kerakligini ham qo‘shimcha qildi.

Yana bir taklif: qo‘li bilan atayin gol ursa yoki darvoza chizig‘idan to‘pni qo‘li bilan qaytarsa, uni chetlatish kerak. Agar bo‘sh darvozaga kirib ketayotgan to‘pni futbolchi qo‘li bilan qaytarsa, gol hisoblanishi taklif qilindi. Yangi dasturning rejasiga ko‘ra, bosh hakam qachonki to‘p o‘yindan tashqariga chiqsagina, hushtak chalishi lozim bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, IFAB tarkibiga Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya futbol qo‘mitasi xodimlari jalb etilgan. Shuningdek, FIFA tashkiloti vakillarining bir nechtasi IFAB tarkibidan a’zo sifatida ro‘yxatdan o‘tishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol uchrashuvlari vaqti 60 daqiqagacha qisqaradimi? IFAB “aqldan ozmoqda”