14:05 / 19.06.2017
4 210

#ConfedCup2017: Ravshan Ermatov portugaliyaliklar urgan golni inobatga olmadi

#ConfedCup2017: Ravshan Ermatov portugaliyaliklar urgan golni inobatga olmadi
Konfederasiyalari kubogi-2017 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya hamda Meksika (2:2) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlangani haqida xabar berilgan edi.

Aynan ushbu uchrashuvda portugaliyaliklar tomonidan urilgan gol ilk marta vaziyat videotakrorini o‘rganib chiqilgandan keyin hisobga olinmadi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Uchrashuvning 21-daqiqasida nominal mezbonlar himoyachisi Pepe Gilerme Ochoa qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi. Portugaliya golni nishonlayotgan bir vaqtda uchrashuv bosh hakami Nestor Pitana videotakrorlar bo‘yicha referi assistenti o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovdan vaziyatga oydinlik kiritishni so‘radi.

O‘z navbatida Ravshan Ermatov gol ofsayddan urilganini ta’kidladi. Va shu tariqa Portugaliya termasining goli inobatga olinmadi. Ushbu vaziyatda portugaliyaliklarning to‘rt futbolchisi o‘yindan tashqari holatda ekanligi ko‘rindi va unga oydinlik kiritish uchun yarim daqiqa kifoya bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov JCh-2018 musobaqasidan avval Rossiyada o‘tkazilayotgan Konfederasiyalar Kubogi-2017 musobaqasida videotakrorlar bo‘yicha referi assistenti vazifasini bajaryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » #ConfedCup2017: Ravshan Ermatov portugaliyaliklar urgan golni inobatga olmadi