16:34 / 20.06.2017
5 220

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qatardagi xalqaro musobaqada qatnashadi

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qatardagi xalqaro musobaqada qatnashadi
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 30 iyun – 6 iyul kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Turnirda to‘rt mamlakat yoshlar termasi ishtirok etadi: Qatar, O‘zbekiston, Iordaniya va Qirg‘iziston. Uchrashuvlar Al Sadd va Aspire P7 maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishing:

30 iyun, juma
20:45 Iordaniya – O‘zbekiston
22:00 Qatar – Qirg‘iziston

2 iyul, yakshanba
20:45 Qirg‘iziston – Iordaniya
22:00 Qatar – O‘zbekiston

4 iyul, seshanba
20:45 O‘zbekiston – Qirg‘iziston
22:00 Qatar – Iordaniya

6 iyul, payshanba
20:45 3-o‘rin uchun bahs
23:00 1-o‘rin uchun bahs

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa O‘zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo‘lib o‘tadi.

Manba : the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qatardagi xalqaro musobaqada qatnashadi