21:49 / 21.06.2017
5 147

Oliy liga barcha o‘yinlari internet translyasiyasi yo‘lga qo‘yiladi

Oliy liga barcha o‘yinlari internet translyasiyasi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan Oliy liga barcha o‘yinlari internet translyasiyasi yo‘lga qo‘yiladi, deb yozadi 1news.uz.

Bu haqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi matbuot kotibi Mirzahakim To‘xtamirzaev Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu masala yaqinda qabul qilinadigan o‘zbek futboli rivojlantirishning yangi konsepsiyasida o‘z ifodasini topgan.

"O‘yinlarning internet translyasiyasining yo‘lga qo‘yilishi kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashda muhim omil bo‘ladi", - ta’kidladi To‘xtamirzaev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy liga barcha o‘yinlari internet translyasiyasi yo‘lga qo‘yiladi