13:35 / 24.06.2017
5 350

ShOTA Arveladze: “PAXTAKOR”ga g‘alabalar zarur ekanini bilaman”

ShOTA Arveladze: “PAXTAKOR”ga g‘alabalar zarur ekanini bilaman”
Bosh murabbiy etib tayinlangach, Shota Arveladze jamoa va yangi ishga kirishishi haqida matbuot anjumanida fikrlarini aytib o‘tdi.

Shota ARVELADZE (“Paxtakor” bosh murabbiyi): - Menga ishonch bildirishganidan hursandman. Barchaga rahmat aytaman. “Paxtakor” buyuk jamoa. Taklifni qabul qilishdan oldin Toshkentga kelib, klubdagi sharoitlar bilan tanishdim. O‘shandayoq bu erga qaytib kelishimni sezgandim. Klub rahbariyati katta maqsadlarga ega.

Jamoaga hozir faqat g‘alabalar kerak. Biz dastur tuzganmiz. Ayni damda jamoa bilan tanishib chiqmoqdaman. “Paxtakor” hujumkor o‘yin namoyish etishiga ishonaman. Chunki o‘yin sifati bobida yomon taasurrot qoldirmoqda. Jasur Abduraimovga oson bo‘lmagan o‘tish paytida yaxshi ishlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. U juda qiyin paytda faoliyat yuritdi.

Jamoa tarkibi haqida o‘ylayapman. Yoshlar ham tarkibga jalb etiladi. Chunki akademiyada yaxshi, iqtidorli futbolchilar ko‘p. Natijalar juda yaxshi. Yoshlar, o‘smirlar va turli yoshdagi termalarda juda ko‘p futbolchilar bor. Bu esa akademiyaning yaxshi ishlayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda futbolni juda sevishadi. Bu erda texnik futbol o‘ynalishini bilib oldim.

Klub rahbariyati faqat kuchli jamoa emas, balki superklub tuzishni oldiga vazifa qilib olgan. Bu esa juda katta ahamiyatga ega.

Shota Arveladzening faoliyati haqida ma’lumotlar bilan tanishing:
Tug‘ilgan sanasi: 22.02.1973
Tug‘ilgan joyi: Tbilisi, Gruziya
Futbolchilikdagi ampluasi: hujumchi

O‘ynagan jamoalari:
1990—1991 “Martve” Tbilisi 30 o‘yin, 33 gol
1991—1995 “Dinamo” Tbilisi 75 o‘yin, 62 gol
1993—1994 “Trabzonspor” Turkiya 18 o‘yin, 15 gol

1995—1997 “Trabzonspor” Turkiya 72 o‘yin, 46 gol
1997—2001 “Ayaks” Gollandiya 96 o‘yin, 55 gol
2001—2005 “Glazgo Reynjers” Shotlandiya 95 o‘yin 44 gol

2005—2007 AZ Gollandiya 60 o‘yin 36 gol
2007—2008 “Levante” Ispaniya 4 o‘yin
Faoliyatida 450 uchrashuvda 291 to‘p kiritgan.

Gruziya terma jamoasida 60 o‘yinda 26 gol muallifi bo‘lgan.

Murabbiylik faoliyati:
2010—2012 “Qayserispor” Turkiya
2012—2015 “Qosimposho” Turkiya
2015 “Trabzonspor” Turkiya
2016—2017 “Makkabi” (Tel-Aviv) Isroil

Yutuqlari:
Gollandiya chempioni -1997/98
Gollandiya Kubogi sohibi - 1997/98, 1998/99
Shotlandiya chempioni - 2002/03, 2004/05

Shotlandiya Kubogi sohibi - 2001/02, 2002/03
Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi - 1994, 1998, 2007

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ShOTA Arveladze: “PAXTAKOR”ga g‘alabalar zarur ekanini bilaman”