13:35 / 25.06.2017
5 071

Shota Arveladzening «Paxtakor»dagi debyuti yirik g‘alaba bilan boshlandi

Shota Arveladzening «Paxtakor»dagi debyuti yirik g‘alaba bilan boshlandi
"Paxtakor" 15-turda "Obod"ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va birinchi davrani g‘alaba bilan tugatdi.

Bungacha safarda zafar qucha olmagan "sherlar" yoqimsiz an’anaga "Obod"ga qarshi uchrashuvda chek qo‘yishdi. O‘yinda tashabbusga erishgan "Paxtakor" birinchi bo‘limda yagona gol tufayli oldinga chiqib oldi. Sergeev hakam tomonidan belgilangan penaltidan unumli foydalandi.

Ikkinchi bo‘limda hujumlarimiz yanada keskinlashdi. Tez orada Hakimov himoyachilar xatosini kechirmagan bo‘lsa, Sergeev birga-bir holatda raqib posbonini dog‘da qoldirdi. Bu vaziyatda Karimov unga ajoyib to‘p oshirib berdi. Mezbonlar Ismoilovning zarbasi evaziga hisobni qisqartirishdi. Oxirgi daqiqalarda asosiy tarkibda 2-o‘yinini o‘tkazgan Sa’dillaev gollari hisobini ochdi. Shu tariqa "Paxtakor" 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, birinchi davrani yaxshi kayfiyatda yakunladi.

"OBOD" - "PAXTAKOR" - 1:4 (0:1)

24 iyun. Toshkent. "Jar" stadioni.
Hakamlar: I.Tantashev, A.Sapenko, R.No‘’monov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.
Gollar: Sergeev, 32-pen - 0:1. Hakimov, 51 - 0:2. Sergeev, 61 - 0:3. Ismoilov, 67 - 1:3. Sa’dillaev, 90 - 1:4.

"Obod": Azamat Ahmedov, Husinov, G‘ofurov, Umirov, Jalilov, Hasanov, Solomin (Bikmaykin, 68), Ermatov, Norxonov, Qahhorov (Ismoilov, 55), Jasurxo‘ja (Vasilev, 46).

"Paxtakor": Lobanov, Alijonov, Kozak, Ismatullaev, Hoshimov (Avilov, 63), Azim Ahmedov, Karimov, Yusupov, Sergeev, Nurullaev (Sa’dillaev 86), Hakimov (Ibrohimov, 74).

Ogohlantirishlar: Azim Ahmedov, 36. Hoshimov, 54. Yusupov, 77.

Manba: pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladzening «Paxtakor»dagi debyuti yirik g‘alaba bilan boshlandi