22:49 / 27.06.2017
5 378

O‘zbekiston U-22 termasi 22 futbolchi bilan Qatarga yo‘l oladi

O‘zbekiston U-22 termasi 22 futbolchi bilan Qatarga yo‘l oladi
O‘zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 30 iyun – 6 iyul kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur turnirga 22 futbolchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroyev (“Bunyodkor”), Sarvar Karimov (“So‘g‘diyona”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”);

Himoyachilar: Doston Tursunov (“Metallurg”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Islom Qobilov (“Metallurg”), Xushnudbek Avilov (“Paxtakor”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Abbos Otaxonov (“Navbahor”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Sharof Muhiddinov (“Nasaf”), Abdujamol Isroilov (“Dinamo” Samarqand), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Mirjamol Qosimov (“Bunyodkor”), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”), Sardor Azimov (“Bunyodkor”), Bekzod G‘anijonov (“Qizilqum”), Jasurbek Yaxshiboyev (“Paxtakor”);

Hujumchilar: Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Zabihillo O‘rinboyev (“Olmaliq”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa O‘zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-22 termasi 22 futbolchi bilan Qatarga yo‘l oladi