Toshkentning «Bunyodkor» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov «Paxtakor» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Tribuna.Uz'ga vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yayotgan Toshkent jamoasi buning uchun O‘zbekistondagi ko‘zga ko‘ringan bir qator futbolchilarni o‘ziniki qilib olishni istamoqda. Klubning yangi bosh murabbiyi Shota Arveladze bu borada birinchi bo‘lib Shomurodovga e’tiborini qaratgan.
«Paxtakor» klubi xodimlaridan biri tvitterdagi akkaunti orqali ham bu ma’lumotni tasdiqlashga shama qilgan.
«Paxtakor» «Bunyodkor» futbolchilariga qiziqadigan davrlarga ham etib keldik», deb yozgan u. Ammo tvitda u aynan qaysi futbolchi haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi davradan boshlab Shota Arveladze qo‘l ostida faoliyatini boshlaydigan «Paxtakor» dastlabki transfer xaridi sifatida chernogoriyalik himoyachi Simichni o‘z safiga qo‘shib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi