06:02 / 02.07.2017
4 937

«Paxtakor» asosiy raqiblaridan birining ikki futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi

«Paxtakor» asosiy raqiblaridan birining ikki futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi
Qarshining «Nasaf» klubi darvozabon Eldorbek Suyunov va himoyachi Sherzod A’zamov ikkinchi davradan «Paxtakor» safiga borib qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ham tasdiqladi.

«Eldor Suyunov va Sherzod A’zamovga «Paxtakor»dan jiddiy taklif bor. Bu taklif ular uchun yangi chaqiruv. Ularning «Paxtakor»ga o‘tish yoki o‘tmasligi borasida klubimiz rahbariyati qaror qabul qiladi. Ikkalasi «Paxtakor»ga o‘tadigan bo‘lishsa, ularning o‘rnini to‘ldirishimiz kerak bo‘ladi. Bu borada rejalarimiz ham bor», deya Berdievdan iqtibos keltiradi «Nasaf» rasmiy sayti.

Eldorbek Suyunov darvozabon, Sherzod A’zamov (23 raqamda). Foto: Getty Images


Shuningdek u jamoada kutilayotgan boshqa o‘zgarishlarga ham to‘xtalgan:

«Biz yana hujum chizig‘imizni va qanotimizni kuchaytirish maqsadida ishlar olib borayapmiz. Nomzodlar ham bor, ammo buni hozir ochiqlamoqchi emasman. Imkon bo‘lsa, xorijlik futbolchilarni safimizga qo‘shib olmoqchimiz. Akmal Shorahmedov borasida gapiradigan bo‘lsam, bu o‘yinchi jamoamiz uchun juda kerakli. Uni ham klubimiz bilan amaldagi shartnomasi bor. Biz uni hech qaerga qo‘yib yuborish niyatimiz yo‘q».

Tez orada «Paxtakor» va «Nasaf» ikki futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishib, rasmiy ma’lumot berishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» asosiy raqiblaridan birining ikki futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi