11:31 / 02.07.2017
4 277

Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi uchun grandlar o‘rtasida «talash» boshlandi

Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi uchun grandlar o‘rtasida «talash» boshlandi
«Real» «Betis» bilan Dani Sebalos transferi uchun muzokara boshladi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, madridliklar jamoasi 20 yoshli bu xavbek uchun 15 million evro to‘lab, uni sevilyaliklar jamoasida bir yil ijara asosida qoldirishni mo‘ljallamoqda.

Bu vaqtda Polshada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangan Sebalos uchun «Yuventus» (turinliklar ham shartnomada ko‘rsatilgan 15 mln evro to‘lash miqdoridagi mablag‘ni to‘lashga tayyor), «Bavariya» va «Barselona» ham da’vogar. Kataloniyaliklar futbolchini sotib olib, uni asosiy tarkibga kiritmoqchi.

Shu bilan birgalikda «Real» raqobatda ustun kelish uchun taklifni oshirishi va qo‘shimcha bonuslar va’da qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi uchun grandlar o‘rtasida «talash» boshlandi