15:04 / 02.07.2017
4 400

Fernandu Santush: Ronaldu? Portugaliya faqat bir futbolchiga bog‘lanib qolgan emas

Fernandu Santush: Ronaldu? Portugaliya faqat bir futbolchiga bog‘lanib qolgan emas
Portugaliya terma jamoasi Fernandu Santush Konfederasiyalar kubogining uchinchi o‘rini uchun bo‘ladigan Meksikaga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ronalduning yo‘qligi? Portugaliya terma jamoasi bir futbolchiga bog‘lanib qolgan jamoa emas. To‘g‘ri bizning asosiy futbolchimiz hisoblanadi, ammo u siz biz kuchsizlanib qolmaymiz.

Uchinchi o‘rin uchun bo‘ladigan kurashda finalga chiqish ishtiyoqi katta bo‘lgan ikki jamoa maydonga tushadi. Har ikki jamoa ham birdek g‘alaba uchun bor kuchi bilan harakat qiladi.

Portugaliyaning musobaqada uchinchi o‘rin uchun kurashish hatto hayolida ham bo‘lmagandi. Lekin bunga majburmiz, boshqa yo‘l yo‘q”, - deydi Santush “Chempionat” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya - Meksika uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fernandu Santush: Ronaldu? Portugaliya faqat bir futbolchiga bog‘lanib qolgan emas