21:42 / 02.07.2017
4 464

Konfederasiyalar kubogi-2017. Bronza medali Portugaliyaga nasib etdi!

Konfederasiyalar kubogi-2017. Bronza medali Portugaliyaga nasib etdi!
Moskva shahridagi "Otkrыtie Arena" stadionida Konfederasiyalar kubogi musobaqasining 3-o‘rini uchun uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Unda Portugaliya hamda Meksika terma jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi.

O‘yinning asosiy daqiqalarida 1:1 hisobi qayd etildi. G‘olibni aniqlash uchun hakam qo‘shimcha bo‘limlarni belgiladi. Unda Ronaldu vatandoshlarining qo‘llari baland keldi. Yakuniy hisob 2:1 Portugaliya foydasiga.

Portugaliya tarkibida gollarni Pepe va Adrien Silvalar kiritishgan bo‘lsa, Meksika hisobiga Netuning avtogoli yozildi.

Shu tariqa Portugaliya Krishtianu Ronaldusiz 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bronza medali bilan taqdrilandi.

Konfederasiyalar kubogi, 3-o‘rin uchun bahs
Portugaliya – Meksika 2:1
Gollar: 0:1 – 54, avtogol Netu, 1:1 – 90 Pepe, 2:1 – 104, penalti Adrien Silva.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Nelson Semedu, Netu, Pissi (Vilyam Karvalyu, 90), Danilu Pereyra (Andre Gomesh, 82), Nani (Kuarejma, 70), Moutinyu (Adrien Silva, 82), Jelson Martinsh, Andre Silva.
Meksika – Ochoa, Markes (Fabian, 105), Moreno, Layyun, Guardado (Dos Santos, 80), Reyes, Errera, Vela, Arauxo, Peralta (Losano, 61), Ernandes (Ximenes, 85).
Ogohlanirishlar: Markes (16), Nelson Semedu (26), Moreno (98).
Chetlatishlar: Nelson Semedu (106), Ximens (112).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konfederasiyalar kubogi-2017. Bronza medali Portugaliyaga nasib etdi!