16:02 / 03.07.2017
5 034

Yoaxim Lyov: Germaniya hamon dunyodagi eng zo‘r terma jamoa

Yoaxim Lyov: Germaniya hamon dunyodagi eng zo‘r terma jamoa
Germaniya terma jamoasi Konfederasiyalar Kubogi–2017 turniri finalida Chilini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sorvinga ega chiqdi.

“Nemis mashinasi” ustozi Yoaxim Lyov final bahsidan keyin o‘z fikrlarini bildirar ekan, Germaniya hamon dunyodagi eng zo‘r terma jamoa ekanini aytdi.

“Men jamoam va futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular bosh sovrinni qo‘lga kiritishga haqli edi. Finalgacha Chili termasi kuchli ekanligini bilardik. Ammo, Germaniya hamon dunyodagi eng zo‘r terma jamoa bo‘lib qoldi.

Biz Jahon chempionlari va endi Konfederasiya Kubogi sohibimiz. Musobaqani yosh yigitlar yutib olishdi. Bu tarixdagi muhim hodisalardan biriga aylandi”, – dedi Yoaxim Lyov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yoaxim Lyov: Germaniya hamon dunyodagi eng zo‘r terma jamoa