17:32 / 03.07.2017
5 858

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatiga o‘tishi kutilmoqda

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatiga o‘tishi kutilmoqda
Rossiya premer-ligasi jamoasi o‘zbekistonlik futbolchilardan birini o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda. Bu haqda o‘zbek futbolidagi taniqli shaxslardan biri, OFK sobiq komissari Alisher Nikimbaevga asoslanib, «Tribuna» xabar yozgan.

«Tez orada RFPLda to‘p suradigan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bitta ko‘payadi. Kamtargina klub. Lekin shu ham futbolchimizga tramplin vazifasi o‘tashi kerak. Yangilikni kuting», deb yozadi Nikimbaev.
Nikimbaev aynan qaysi futbolchi qaysi jamoaga o‘tishi haqidagi savolni ochiq qoldirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap «Bunyodkor» futbolchisi haqida ketmoqda. Oldinroq «qaldirg‘ochlar» vakili Doston Hamdamov va Eldor Shomurodov Rossiyada ko‘rikdan o‘tgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hamdamov «Axmat» (sobiq «Terek»), Shomurodov esa SSKA ko‘rigida bo‘lib qaytgandi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ikki nafar futbolchi Vitaliy Denisov («Lokomotiv») va Vadim Afonin («Anji») Rossiya premer-ligasida to‘p surib kelmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatiga o‘tishi kutilmoqda