22:48 / 04.07.2017
6 890

Ronaldu “Real” xo‘jayiniga telefon orqali suhbatda nima degandi?

Ronaldu “Real” xo‘jayiniga telefon orqali suhbatda nima degandi?
Joriy yilning 19 iyun kuni, Ispaniyaning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan telefon orqali suhbat o‘tkazgani haqida xabar bergandik. Suhbat davomida Zidan Krishtianu Ronalduni “qirollik klubida” olib qolishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.

“El Confidencial” nashri bugun, 4 iyul kuni “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduning “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan telefon orqali o‘tkazgan suhbatidan qisqacha ma’lumot berdi. Unda portugaliyalik futbolchi “Real” prezidentiga jamoani tark etish niyati yo‘qligini bildirib o‘tgan.

“Do‘stlarimga OAVlardagi ayblovlarni o‘qib borish yoqimsiz ekani haqida so‘z ochgandim. OAV meni jinoyatchiga chiqarib qo‘ydi.

To‘g‘ri, “Real”dan xafa bo‘lishim mumkin, lekin hech qachon Madriddan ketaman deb hech kimga aytmaganman”, deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi “El Confidencial” nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya sudi futbolchini 14,7 million evro atrofidagi soliq pullarini to‘lamaganlikda ayblamoqda. Unga ko‘ra, soliqlarni to‘lamagan Ronaldu 31 iyul kuni sud oldida javob beradi.

Shuningdek, Mashhur portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu yaqinda egizak farzandlarning otasi bo‘lgani haqida ham xabar bergan edik. Krishtianu Ronaldu o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali egizaklarining fotosuratlarini joyladi.

8 iyun kuni surrogat ona yordamida tug‘ilgan chaqaloqlarga Mateo va Eva deb ism berishdi. Krishtianu Ronalduning ilk marta ommaga namoyish qilingan egizaklari millionlab “like”larga hamda minglab yaxshi niyatlar bitilgan izohlarga ega bo‘ldi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu “Real” xo‘jayiniga telefon orqali suhbatda nima degandi?