16:37 / 05.07.2017
5 293

Mavsum yarmida klublardan biri faoliyatini to‘xtatmoqda. Endi Oliy ligada 15 jamoa qoladi

Mavsum yarmida klublardan biri faoliyatini to‘xtatmoqda. Endi Oliy ligada 15 jamoa qoladi
Toshkentning «Obod» klubi Oliy liga bu mavsumining birinchi davrasidan keyin o‘z faoliyatini tugatadigan bo‘ldi. Bu haqda klubga yaqin bo‘lgan manba Tribuna.Uz‘ga ma’lum qilgan.

«Klub xususiy ko‘rinishda edi. Ya’ni o‘z biznesiga ega shaxsiy biznesi bor tadbirkorlarga tegishli. Ular klubni moliyalashtirish o‘zini oqlamaydi deb hisobladi va bundan buyog‘iga jamoani moliyalashtirishni istamadi», deya ma’lum qilgan manba.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari futbolchilar bilan uchrashib, ularga mavjud vaziyatni tushuntirgan va ularga boshqa jamoa topishlari mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, «Obod» klubi o‘tgan mavsumda Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va katta qiyinchiliklar evaziga ligada jon saqlab qolgandi. Bu mavsumda esa Rauf Inileev boshqaruvidagi jamoa 15-turdan kueyin 9 ochko to‘plab, turnir jadvalining so‘nggi, 16-pog‘onasida ketayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mavsum yarmida klublardan biri faoliyatini to‘xtatmoqda. Endi Oliy ligada 15 jamoa qoladi