16:18 / 08.07.2017
6 513

«Paxtakor» stadion masalasini hal qildi

«Paxtakor» stadion masalasini hal qildi
Toshkentning «Paxtakor» klubi joriy mavsumning ikkinchi davrasida va keyingi mavsumda shahardagi boshqa stadionda, «Bunyodkor»ning avvalgi uy stadioni bo‘lmish «Jar» stadionidan ijara asosida foydalanadi. Bu haqda klub rasmiy saytiga tayanib Kun.uz xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, toshkentliklar jamoasi foydalanishi uchun asosiy stadion, mashg‘ulot maydoni va bino bir yarim yil muddatga ijaraga olindi. Shartnoma muddati 2018 yil oxirigacha amal qiladi.

Hozircha asosiy jamoa mashg‘ulotlari «Jar» stadionida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor»ning yangi xo‘jayinlari hozirgi stadionni to‘la qaytadan qurishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» stadion masalasini hal qildi