10:03 / 09.07.2017
4 974

CAFA U-15 Boys Tournament: O‘zbekiston o‘smirlar termasi kumush medallarga sazovor bo‘ldi

CAFA U-15 Boys Tournament: O‘zbekiston o‘smirlar termasi kumush medallarga sazovor bo‘ldi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA U-15 Boys Tournament xalqaro turniri o‘z yakuniga etdi.

Musobaqaning so‘nggi kunidan o‘rin olgan o‘yinlardan birida mezbon Tojikiston o‘smirlar termasi Turkmaniston U-15 futbolchilari bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Turnir g‘olibligi uchun kechgan bahsda esa Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar termasi afg‘onistonlik tengdoshlariga qarshi bellashdi. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda Afg‘oniston o‘smirlar terma jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra CAFA U-15 Boys Tournament g‘olibiga aylandi.

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik futbolchi Bo‘ronbek Mirzasalimov musobaqa davomida raqiblar darvozasiga jami 5 ta gol kiritib, turnir to‘purariga aylandi.

CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
8 iyul, shanba


O‘zbekiston U-15 – Afg‘oniston U-15 — 2:3

Gollar: Samir Samandari, 6 (1:0). Husain Norchaev, 39 (1:1). Ahmad Tamim Mirzoda, 48 (2:1). Sayes Afhar Husayni, 78 (3:1). Alibek Davronov, 83 (3:2).

Ogohlantirishlar: Ahmad Tamim Mirzoda (49), Fardin Naseri (90+4), Muhammad Sharifi Aminzoda (90+5)

O‘zbekiston U-15
: Sarvar Yo‘ldoshev (Anvar Nazirov, 78), Foziljon Pirimqulov (Jasurbek Qahhorov, 63), Abdumutal Rajabboyev, Bektemir Abdumannonov (Abduvohid G‘aniev, 80), Sultonbek Nekboyev, Javohir Abdualimov, Diyor Xolmatov (Abdujabbor Zuhriddinov, 75), Bo‘ronbek Mirzasalimov (Saidumarxon Sodiqov, 58), Davron Alibekov, Ikrom Erkinov, Husain Norchaev.

Afg‘oniston U-15: Muhammad Sharifi Aminzoda, Muhammad Amin Nizomi, Abdulmunir Hazrati, Sajald Ali Halili, G‘ulom Yaxyo Xedri, Samir Samandari, Sherzod Fayzuddin, Muhammad Xarun Nosiri (Rahim Husayni, 90+2), Ali Zohidi, Ahmad Tamim Mirzoda (Sayes Afhar Husayni, 61), Fardin Naseri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA U-15 Boys Tournament: O‘zbekiston o‘smirlar termasi kumush medallarga sazovor bo‘ldi