14:52 / 09.07.2017
5 481

Karlush Keyrush: «Eron Rossiyaga aslo aylangani borayotgani yo‘q»

Karlush Keyrush: «Eron Rossiyaga aslo aylangani borayotgani yo‘q»
Futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida o‘z jamoasining qatnashuvi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mening orzum — guruhdan chiqish va pley-offda o‘ynash. Biz uchun bu juda muhim intilish. Biz kengroq miqyosda fikrlashimiz va ambisiyali bo‘lishimiz talab etiladi. Biz Rossiyaga aylangani borayotganimiz yo‘q axir», — deya Keyrushning so‘zlarini keltirmoqda Zero Hora nashri.

12 iyun kuni Tehronda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Eron milliy terma jamoasi Rossiya va Braziliyadan so‘ng JCh-2018ning uchinchi ishtirokchisiga aylangan edi.

Eron terma jamoasi ilgari 1978, 1998, 2006 va 2014 yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlush Keyrush: «Eron Rossiyaga aslo aylangani borayotgani yo‘q»