06:28 / 11.07.2017
6 182

Qudratillo Abduqahhorov qay tarzda rossiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi? (VIDEO)

Qudratillo Abduqahhorov qay tarzda rossiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi? (VIDEO)
Yarim o‘rta yengil vazn toifasida professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Qudratillo Abdurahmonov Ekatirinburgdagi boks kechasida ringga chiqdi.

Bungacha 11 ta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan 23 yoshli Qudratilloga ushbu jangda mezbon bokschi Dmitriy Mixaylenko raqiblik qildi.

12 raund davom etgan jangda Qudratillo yaqqol ustunlik qildi va yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra ochkolar bo‘yicha 117-110, 116-111, 116-114 hisoblarida g‘alaba qozondi.

U WBC Silver chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi. Endi vakilimiz o‘z vazn toifasida chempionlik janglarida ishtirok etish uchun etarli reytingga ega bo‘ldi.
Sportchimizning g‘alabali jangini tomosha qiling:
[media=https://youtu.be/-eC5AXeGdD8]

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qudratillo Abduqahhorov qay tarzda rossiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi? (VIDEO)