14:31 / 11.07.2017
6 212

“Paxtakor” besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

“Paxtakor” besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Toshkentning "Paxtakor" klubi ikkinchi davra oldidan besh nafar yangi futbolchini jamoatchilikka tanishtirdi. Bu haqda O‘zPFl matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z tarkibini 3 nafar legioner futbolchi bilan to‘ldirdi. Bungacha chernogoriyalik Marko Simich bilan shartnoma imzolagan "Paxtakor", braziliyalik Tiyago Bezerra hamda isroillik Gidik Kanyuk bilan ham shartnoma imzoladi.

Shuningdek, "Nasaf" a’zolari - Eldor Suyunov hamda himoyachi Sherzod A’zamov, "Olmaliq" hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev ham "Paxtakor"ning yangi a’zolari sifatida OAV xodimlariga tanishtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi