12:56 / 12.07.2017
4 600

Shota Arveladze: Raqobat tufayli natijalar yaxshilanadi

Shota Arveladze: Raqobat tufayli natijalar yaxshilanadi
Yangi futbolchilar tanishtirish marosimida "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze ushbu o‘tishlar xususida fikrini bildirdi.

"Tarkibga yangi futbolchilar qo‘shib oldik va seleksiya borasida yaxshi ishlayapmiz. Jamoadagi raqobat tufayli natijalar ham o‘zidan o‘zi kelaveradi. Qanday hisobda g‘alaba qozonishning farqi yo‘q. Agar muxlislar ko‘paysa, biz ham gollarni ko‘paytiramiz.

Tarkibga qo‘shib olgan futbolchilarimiz tajribali, biroq hali qari emas. “Jar”da o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarimizda juda ko‘p yoshlar qatnashmoqda. Bu esa mutanosiblikni ta’minlaydi.

Biz ikkita kuchli tarkibni shakllantirishimiz kerak. Hozircha bizda yana bir Osiyo qit’asi legioneri uchun joy bor. Undan foydalanishga urinib ko‘ramiz", - dedi gruziyalik murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Raqobat tufayli natijalar yaxshilanadi