«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi «Milan»ga o‘tishga yaqin. Tribuna.uz yozishicha, 30 yoshli italiyalik futbolchi Milan klubiga o‘tishga rozilik bergan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, ushbu futbolchiga milanliklar etti million evrolik maosh taklif qilishgan.
«Milan» «Keksa sinoralar» rahbariyatiga ushbu transfer bo‘yicha so‘rov yo‘llashgan. Milanliklar taklifiga ko‘ra Bonuchchi uchun ikki himoyachi – De Shilo va Romanoli beriladi yoki tovon puli to‘lanadi.
Bonuchchi va «Yuventus» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2021 yilgacha, futbolchi 2010 yildan buyon turinliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u Italiya chempionati doirasida 29 uchrashuv o‘tkazdi va 3 gol urdi. U Chempionlar ligasida ham 11 o‘yinda maydonga tushgan va bir golga muallif bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, u yozgi transferlarda eng talabgir futbolchilardan biri bo‘lib turibdi. Unga «Manchester Siti», «Real» va «Chelsi» klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi