18:17 / 14.07.2017
5 132

EChL saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi

EChL saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi
Shveysariyaning Non shahrida Evropa Chempionlar Ligasi uchun saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’a bu bosqichda Fransiyaning «Nissa» klubini Niderlandiyaning «Ayaks» klubi bilan to‘qnashtirdi. Kievning «Dinamo» klubi Shveysariyaning «Yang Boyz» klubiga raqib bo‘lgan. Moskvaning SSKA klubi Gresiyaning AEK klubiga qarshi o‘ynaydi.

Bu bosqichda birinchi uchrashuvla 25/26 iyul, javob uchrashuvlari — 1/2 avgust kunlariga belgilangan. G‘olib jamoa pley-off bosqichiga o‘tadi. Bu bosqichdagi 10 jamoa turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olib bo‘lgan 22 klub safiga qo‘shiladi.

Hozircha uchinchi saralash bosqichidagi 3 jamoa nomi ma’lum: «Olimpiakos», «Slaviya» va «Vitorul».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » EChL saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi