12:48 / 16.07.2017
5 345

O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasiga yangi rahbar saylandi
15 iyul kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasiga so‘nggi 10 oy davomida rahbarlik qilgan Adham Ikromov mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, fuqarolar ijtimoiy farovonligini ta’minlash va yana boshqa ko‘plab tashkiliy ishlar bo‘yicha ish hajmi nihoyatda kattaligi va shu bois vaqt ziqligini e’tiborga olib, o‘z xohishiga ko‘ra federasiya raisi lavozimini topshirishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, Adham Ikromov shu yilning iyun oyida Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlangandi.

Qilichbozlik federasiyasining yangi rahbari etib hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Shoabdurahmonov saylandi. Shu paytga qadar federasiya raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhammad Humoyun Ibragimov Bosh kotib bo‘ldi.

Rustam Shoabdurahmonov avval Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, Toshkent shahar hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasiga yangi rahbar saylandi