11:15 / 18.07.2017
5 423

«Obod» yopilmaydi. Oliy Liga mavsumni to‘liq tarkibda davom ettiradigan bo‘ldi

«Obod» yopilmaydi. Oliy Liga mavsumni to‘liq tarkibda davom ettiradigan bo‘ldi
Toshkent shahri jamoalaridan biri, Oliy Liga ishtirokchisi bo‘lmish «Obod» klubi yopilmaydigan bo‘lgan. Bu haqda «Ofsayd» nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, klub matbuot kotibi Futqat Nishonov «Oriat Dono» radiosining «Futbol plyus» eshittirishi orqali klubga yangi homiy kelishi deyarli aniq bo‘lgani va klub 2-davrada o‘z faoliyatini davom ettirishini aytgan.

«Hozircha batafsil ma’lumot bera olmayman, ammo klubni yangi homiylar sotib olishdi va klub tugatilgani yo‘q» - degan u.

Boshlovchining «Obod»ning ko‘plab futbolchilari boshqa klublarga o‘tib ketdi, ularning o‘rni qanday to‘ldiriladi?» - degan savoliga, matbuot kotibi «Istaysizmi-yo‘qmi davralar oralig‘ida transferlar chog‘ida ko‘plab futbolchilar klublardagi ko‘rikdan o‘ta olmaydi. Ayni shu futbolchilar orqali boshqa klubga o‘tib ketgan futbolchilarning o‘rni to‘ldirilish extimoli katta» - deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ushbu klub homiy topilmaganligi tufayli mavsumning ikkinchi davrasida yopilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabarlarga isbot sifatida poytaxt klubining futbolchilari Oliy Liganing turli klublariga o‘tgani keltirilgan edi.

Ayni vaqtda «Obod» PFK Oliy-Ligada 15 o‘yinda 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinni band etib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Obod» yopilmaydi. Oliy Liga mavsumni to‘liq tarkibda davom ettiradigan bo‘ldi